Yess coffee bu O‘zbekistondagi qahvaxonalar tarmog‘i. Shu paytgacha Toshkent bo‘ylab 7 ta filial ochib ulgurgan. Biz ushbu brend uchun nom, logo hamda vizual aydentika ishlab chiqdik.
Yess nomiga alohida to‘xtaladigan bo‘lsak, bu nom birinchi navbatda o‘zining qisqaligi orqali odamlarning yodida juda tez qoladi. bundan tashqari ushbu so‘z iste’molchilar uchun tanish bo‘lgan so‘zlardan, undagi ikki marta qaytarilgan "S" harfi esa, uning yanada jarangdor bo‘lishiga xizmat qilgan. Bundan tashqari harflar psixologiyasiga ko‘ra, "S" harfi ishtaha ochuvchi xususiyatga ega.
Ushbu nomdan kelib chiqqan holatda brend uchun kichik kommunikatsion tizim ham ishlab chiqilgan:
— Qahva ichasanmi?
— Yess! (Ha!)
— Yess! (Ha!)
——————————————————————————————————
Brend uchun logo Yevropa bozorida mashhur hisoblangan Wordmark uslubi tanlangan. O‘ynoqi hamda harakatni ifodalovchi shrift va o‘ziga xos bo‘lgan, qahvaxona atmosferasini o‘zida aks ettira oladigan ranglar qo‘shimcha qilingan.
Bundan tashqari logoga mos ravishda quvvat va harakatni ifodalovchi naqshlar vizual aydentikaga ilova sifatida qo‘shimcha qilingan.
Agency: Abba Marketing
Director: Ismoil Yoldashv
Art Director: Nurjahon Farmonov
Project manager: Abubakr Anvarov
Logo designer: Nurulayeva Risolat
Identity designers: Anasxon Abdulazizov,
Photograph: Azizbek Ermuhamedov
©2023 - 2024
©2023 - 2024